San’at va go‘zallikka oshufta bolalar
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etilgan “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalining Termiz shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Festival iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning iste’dodlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratish va qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, san’at va go‘zallikka intilishini kuchaytirish, milliy san’at an’analari va yo‘nalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish hamda davom ettirish maqsadlariga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.
Termiz shahridagi 1-sonli musiqa maktabida o‘tgan tanlovda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 600 nafar bola 6 yo‘nalishda salohiyati va mahoratini namoyish qildi. Ular ichidan eng iqtidorli va zukko o‘g‘il-qizlar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldilar.
[gallery-14865]
O‘zA fotomuxbiri Jonibek Qo‘zimurodov olgan suratlar.