Samarqandlik ming nafarga yaqin bola omonat hisob raqamiga pul o‘tkaziladi
Davlatimiz rahbarining shu yil 21-maydagi “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida bayram arafasida Samarqand viloyatidagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va bemorlar holidan xabar olinib, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 22791 ta bir martalik oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat sovg‘alar topshirildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, tuman (shahar) bo‘limlari esa 961 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash yo‘lida qurbon bo‘lgan ota-onalarning farzandlari omonat hisob raqamiga 200 AQSH dollari miqdorida pul mablag‘larni o‘tkazib berish uchun ro‘yxat shakllantirib, agentlikka taqdim etildi.




G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri