Samarqandlik madaniyat xodimlari besh kun konsert bermoqda
Mustaqillik bayrami mu!nosabati bilan e’lon qilingan besh kunlik dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi va uning tuman, shaharlardagi bo‘limlari badiiy dasturlar tashkil etdi.
Xususan, 31 avgustdan boshlab Samarqand shahrining Kimyogarlar shaharchasidagi “Nurafshon” madaniyat saroyi oldida, shuningdek, Alisher Navoiy nomli hamda “Yoshlik” madaniyat va istirohat bog‘ida, Qorasuv massivida, Farhod va So‘lim shaharchalarida Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan konsertlar, teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etilmoqda.

– Bu tadbirlarga viloyatimizdagi teatrlar, badiiy jamoalar, taniqli xonandalar va yosh ijrochilarni jganmiz, – deydi Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i X.Muhammadiyev. – Asosiy maqsadimiz –yurtdoshlarimizning dam olish kunlari vaqtlarini maroqli o‘tkazishlariga imkoniyat yaratish, ularga bayram kayfiyati ulashishdir. Albatta, tadbirlarni tashkil etishda karantin qoidalariga rioya etish birinchi talab sifatida belgilangan.

1-5 sentyabr kunlari viloyatning barcha shahar va tumanlari markazlarida, mahallalarda kechki soatlarda ana shunday konsert dasturlari namoyish etilmoqda.
G‘.HASANOV, O‘zA