Samarqanddagi 108 masjidda bugun bomdod namozi oʻqildi
Respublika komissiyasining qaroriga koʻra, 8-iyundan yurtimizdagi “yashil” toifadagi tuman va shaharlarda karantin qoidalariga amal qilgan holda masjidlarda kunlik besh vaqt farz namozlarini ado etishga ruxsat berildi.

Bugun Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahri, Bulungʻur, Qoʻshrabot, Nurobod, Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi, Narpay tumanlaridagi 108 masjidda fuqarolar tomonidan bomdod namozi ado etildi.
– Mazkur masjidlarda 5-7-iyun kunlari karantin davrida faoliyat koʻrsatish boʻyicha zarur tayyorgarlik yumushlari bajarildi – deydi Samarqand viloyati bosh imom xatibi Z.Eshonqulov. – Binolarga kirish joylari dezinfeksion vositalar va pirometrlar bilan taʼminlandi. Masjidlar xodimlariga Oʻzbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonoti hamda masjid ish faoliyatini sanitariya-epidemiologik qoidalarga muvofiq yuritish va fuqarolarning masjidlardagi ibodatlarini ado etish uchun zarur shart-sharoitlarni hozirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi talablari tushuntirildi.