Samarqandda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar 79 nafar boʻldi
Covid-19 infeksiyasini yuqtirgan ushbu bemorlar karantinga olinganlar hisobiga boʻlib, 53 nafari erkak, 26 nafari ayollardir.
2020-yil 22-aprel soat 11:30 holatiga koʻra, Samarqandda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 nafarni tashkil qilmoqda, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi.
Covid-19 infeksiyasini yuqtirgan ushbu bemorlar karantinga olinganlar hisobiga boʻlib, 53 nafari erkak, 26 nafari ayollardir. Shundan 4 nafari voyaga yetmaganlar.
Ayni paytda viloyatda 3975 kishi karantinga olingan. Ularning 657 nafari statsionar sharoitda tibbiy nazorat ostida.
2020-yil 17-aprel kuni berilgan maʼlumotda viloyatda Covid-19 infeksiyasini yuqtirganlar 8 kishini tashkil etishi maʼlum qilingan edi.