Samarqandda karantin qoidalari saqlanib qoladi
2020-yil 5-may soat 23.00 holatida Samarqandda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar 140 nafarni tashkil etmoqda.
Kecha Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimizdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilishi aytilgandi.
Ayni paytda Samarqand viloyati epidemiologik jihatdan “qizil” (yuqori xavfli) hududga kirishi eʼtiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi.
Bu haqda viloyat komissiyasining bugun ertalab oʻtkazilgan yigʻilishifda maʼlum qilindi.
2020-yil 5-may soat 23.00 holatida Samarqandda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar 140 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 34 nafari kasallikdan tuzalgan.