Samarqandda Darg‘om kanali bo‘yida kichik GESlar qurilmoqda
Samarqand viloyatida bugungi kunda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida umumiy qiymati 468 million dollarga teng bo‘lgan energetika sohasida 5 ta, kommunal xo‘jaligida 4 ta, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash hamda turizm sohalarida bittadan, jami 12 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari O.Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiyalash” loyihasi hamda Xitoyning “Ipak yo‘li” jamg‘armasi ishtirokidagi “Samarqand turistik markazini qurish” loyihasi bajarilmoqda. Xitoyning “Eksimbank” hamda Rossiyaning “Vneshekonombank” xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan Samarqand shahar Xishrav GESda, shuningdek, Samarqand va Pastdarg‘om tumanlaridan o‘tuvchi Darg‘om kanali bo‘yida kichik gidroelektr stansiyalari qurilmoqda.
G‘.HASANOV, O‘zA