Samarqandda 15-iyundan 60 dan ortiq xususiy bogʻcha faoliyat boshlaydi
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, 15-iyundan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat beriladi.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, 15-iyundan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat beriladi.
Samarqand shahridagi “Temur-Fayz” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻtkazilgan amaliy seminarda viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi va sanitariya-epidemologik osoyishtalik markazi masʼullari bugungi sharoitda bogʻchalar faoaliyatini yoʻlga qoʻyishda eʼtibor qaratish zarur boʻlgan masalalar haqida soʻz yuritdi.
Ayni paytda viloyatda faoliyat yuritayotgan 60 dan ziyod nodavlat xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlariga 15-iyungacha binolarni tayyorlash, belgilangan sanitariya meʼyorlariga qatʼiy amal qilish, binolarni zarur tibbiy vosita va jihozlar bilan taʼminlash yuzasidan tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Guruhlarda bolalar salomatligini taʼminlash maqsadida ijtimoiy masofani saqlash, xonalarni tez-tez shamollatish, oʻyinchoqlarni belgilangan vaqtda zararsizlantirish, ustki kiyim va tibbiy niqoblarni tez-tez almashtirish, pedagog-xodimlar muntazam niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi zarurligi tushuntirildi.