Samarqand yilning asosiy telekom-tadbiriga mezbonlik qilmoqda: Beeline Uzbekistan aloqani qanday tayyorlamoqda
Beeline Uzbekistan Samarqandda bo'lib o'tadigan M360 Eurasia 2026 xalqaro forumi ishtirokchilarini qabul qilish uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini keng ko'lamda tayyorlashni davom ettirmoqda. Tadbir boshlanishiga qadar kompaniya 20 ta baza stansiyasini modernizatsiya qildi.
M360 Eurasia 2026 telekommunikatsiya va raqamli texnologiyalar sohasidagi dunyoning yetakchi tadbirlaridan biri hisoblanadi. Forum ikkinchi yil ketma-ket O'zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Beeline Uzbekistan va VEON Group ko'magi bilan mamlakatimizda o'tkaziladi. 2025-yilda forum Toshkentda bo'lib o'tdi va 60 mamlakatdan 1 000 dan ortiq mutaxassisni to'pladi. Bu yil M360 Eurasia Samarqandda o‘tkaziladi.
Ishtirokchilarni ishonchli aloqa bilan ta'minlash maqsadida Beeline Uzbekistan forum maydonlarida tarmoqni modernizatsiya qilish bo'yicha keng ko'lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Jami 20 ta baza stansiyasi modernizatsiya qilindi. Ulardan ettitasi Massive MIMO texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Bu zamonaviy yechim signalni ko'plab antennalar orqali uzatish imkonini beradi, bu esa foydalanuvchilar zichligi yuqori bo'lgan sharoitlarda ulanish tezligi va barqarorligini sezilarli darajada oshiradi.
Yana 13 ta baza stansiyasi LTE 2600 standartida ishlaydi. 2 600 MGts chastotasi ham bir vaqtning o'zida yuqori tezlikli mobil internetdan foydalanadigan ko'p sonli foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Jami forum uchun 98 ta mantiqiy sektor — shaharning har bir qismiga xizmat ko'rsatuvchi mustaqil qamrov zonalari joylashtirildi.
«M360 Eurasia — chet ellik mehmonlarga O'zbekiston telekom sohasining rivojlanish darajasini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat. Amalga oshirilgan ishlar natijasida tarmoq sig'imi ikki barobarga oshdi, bu esa forumning minglab ishtirokchilariga aloqa sifatini tushirmasdan bir vaqtning o‘zida onlayn bo‘lish imkonini beradi. Ma'lumot yuklash o'rtacha tezligi 30% ga oshdi, bu esa barqaror video qo'ng'iroqlarni, fayllarni tez uzatishni va shaharning istalgan nuqtasida telekom xizmatlaridan qulay foydalanishni ta'minlaydi. Bizning maqsadimiz — forum ishtirokchilariga yirik xalqaro tadbirlarning eng yaxshi standartlariga javob beradigan aloqa xizmati ko'rsatish», — deydi Beeline Uzbekistan texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor Gediz Sezgin.
M360 Eurasia 2026 ga tayyorgarlik uskunalarni o'rnatish bilan cheklanmaydi. Tarmoqni aniq sozlash uchun 19 000 dan ortiq parametr — har bir antenna va baza stansiyasining batafsil texnik konfiguratsiyalari (signal yo'nalishi, quvvat va aloqa sifatiga ta'sir etuvchi boshqa xususiyatlar) optimallashtirildi. Loyiha modernizatsiya qilingan stansiyalarni ham, ulashgan infratuzilmani ham qamrab oladi.
Modernizatsiya nafaqat Samarqand hududini qamrab oladi. Bir vaqtning o'zida Toshkent — Samarqand — Buxoro temir yo'li bo'ylab 8 ta baza stansiyasida ishlar olib borilmoqda, ulardan 4 tasi allaqachon ishga tushirilgan. Qamrovni kengaytirish uchun 850 va 900 MGts (Low Band) past chastotali diapazonlar qo'llanilmoqda: bu signal uzoq masofalarga tarqaladi va to'siqlardan yaxshi o'tadi, shu bois bu uni uzun marshrutlar bo'ylab qamrov uchun optimal yechimga aylantiradi. Poytaxtdan Samarqandga kelayotgan forum ishtirokchilari tezkor poyezd yo'lining butun davomida aloqada bo'lishadi.
Beeline Uzbekistan haqida
Beeline Uzbekistan ("Unitel" MCHJ) 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab ushbu savdo belgisi ostida raqamli operator sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya mamlakatdagi yirik soliq to‘lovchilardan biri bo‘lib, O‘zbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2,1 milliard AQSH dollari miqdorida soliq to‘lagan. 2 000 dan ortiq xodimga ega Beeline Uzbekistan Top Employer 2024, 2025 va 2026 sertifikatiga sazovor bo‘lgan.
Beeline Uzbekistan VEON Group tarkibiga kiradi. VEON 2006-yildan buyon O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga 1,6 mlrd AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritgan.
VEON — bu 150 milliondan ortiq aloqa va 229 million raqamli foydalanuvchiga aloqa va raqamli xizmatlar ko'rsatuvchi raqamli operator. Dunyo aholisining 6% dan ortig'i yashaydigan beshta mamlakatda faoliyat yuritib, VEON insonlarning imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orqali hayotni o‘zgartirmoqda. VEON aksiyalari NASDAQ birjasida sotiladi. Batafsil ma'lumot: https://www.veon.com.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
X: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan