Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish boshladi
Yurtimizda turizmni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Samarqand temir yo‘l vokzalida “Bog‘don” mehmonxonasi o‘z faoliyatini boshlagani ham sayyohlar va yo‘lovchilarga qulaylik yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Mehmonxona vokzal hududida joylashgan. Shu sababli u uzoq yo‘ldan kelgan yoki poyezdni kutayotgan yo‘lovchilar uchun qulay va amaliy xizmatlardan biriga aylanadi.

Mehmonxona bir vaqtning o‘zida 100 ga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bu esa Samarqand vokzalida yo‘lovchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Mehmonxonadan poyezdlar qatnovi orasidagi vaqtni qulay o‘tkazish, qisqa muddatli dam olish yoki Samarqand shahriga tashrif buyurgan yo‘lovchilar foydalanishlari mumkin.
M.Komilova, O‘zA