Samarqand shahrining sobiq hokimi prokuror bo‘ldi
Kecha – 17 fevral kuni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Boburmirzo Obloqulov o‘z arizasiga ko‘ra, Samarqand shahar hokimi vazifasidan ozod etilgandi.
Bugun esa Boburmirzo Oblaqulov Samarqand shahar prokurori vazifasiga tayinlangani xabar qilindi.
B.Obloqulov 2019 yil may oyiga qadar, ya’ni hokimlikka tayinlanishidan oldin ham Samarqand shahar prokurori vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.
G‘.HASANOV, O‘zA