Samarqand sammiti matbuot markazi ish boshladi
10-11 noyabr kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkaziladi.
Unda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston prezidentlari, Vengriya Bosh vaziri hamda Turkmaniston Xalq maslahati raisi qatnashadi.
Bugun, 9 noyabr kuni sammit doirasida bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek. bugun Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Samarqandga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ushbu xalqaro tadbir tafsilotlarini chet mamlakat va yurtimizda keng yoritish uchun 240 dan ortiq xorijiy va 300 ga yaqin mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurgan. Bu mazkur tadbir dovrug‘ining butun dunyoga taralishidan darak beradi.
Mahalliy hamda chet ellik jurnalistlarning faoliyat ko‘rsatishlari, turli tadbirlardan tezkor materiallar tayyorlashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratilgan. Maatbuot markazi tashkil etilgan.
9 noyabr kuni Matbuot markazi o‘z faoliyatini rasman boshladi. Markazda zamonaviy kompyuter, yuqori tezlikka ega internet, wi-fi tarmog‘i va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun zarur barcha qulayliklar yaratilgan.
Z.JONIBEKOV, O‘zA