Samarali hamkorlik eʼtirofi
Aholi salomatligini asraş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş va har bir fuqaroning malakali tibbiy yordam oliş huquqini taʼminlaş mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning ustuvor yönalişlaridan biridir. Zero, soğlom jamiyat barpo etiş nafaqat zamonaviy tibbiy infratuzilma va malakali mutaxassislar, balki inson manfaatlarini har tomonlama himoya qilişga qaratilgan samarali tizimni ham taqozo etadi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan soğliqni saqlaş tizimini isloh qiliş, aholiga birlamçi tibbiy xizmatni yaqinlaştiriş, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oşiriş, inson qadrini uluğlaşga qaratilgan keng kölamli işlar izçil davom etmoqda. Bu jarayonda tibbiy xizmat körsatiş bilan bir qatorda, fuqarolarning isteʼmolçi sifatidagi huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Muhsin Rajabov aholi salomatligini muhofaza qiliş, tibbiy xizmatlar sifatini yaxşilaş hamda isteʼmolçilarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş borasidagi samarali hamkorlikka qöşgan hissasi uçun Özbekiston isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasining “Isteʼmolçilar huquqi himoyaçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

Uşbu eʼtirof soğliqni saqlaş tizimida inson manfaatlarini ustuvor qöyiş, tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş va aholi huquqlarini himoya qiliş yölidagi hamkorlikning munosib bahosi böldi.
Zero, tibbiyotda eng muhim mezon — inson salomatligi va uning roziligidir. Şu bois soğliqni saqlaş muassasalari hamda isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş aholi işonçini oşiriş, tibbiy xizmatlarda oçiqlik va masʼuliyatni kuçaytiriş, har bir fuqaroning manfaatlarini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri