Samarada 7 nafar yurtdoshimiz rus tiliga o‘qitilmoqda
Samara shahrida Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti tomonidan tashkillashtirilgan kurslarda 7 nafar yurtdoshimiz rus tiliga o‘qitilmoqda.
Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini bepul rus tili va kasbga o‘qitish loyihasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, "World skills Uzbekistan" assotsiatsiyasi, "World skills Russia" ittifoqi va Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
Rus tilini bilish darajangizni yaxshilashni xohlasangiz Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samaradagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: Samara shahri, Novo-Sadovaya ko‘chasi, 3-uy.
Tel:, +7 926 020 9491