Samandarova Gulmira Muzaffar qizining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbekistonda byudjet ochiqligini ta’minlashni takomillashtirish” mavzusida
Samandarova Gulmira Muzaffar qizining 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda byudjet ochiqligini ta’minlashni takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli ilmiy kengashining 2023 yil 17 yanvar, soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy.
Tel.: (99871) 239-01-49, faks: (99871) 239-41-23
e-mail: tdiu@tsue.uz