Sahiba Gafarova: Osiyo kuchli strategik mintaqa, O‘zbekiston esa unda o‘rnak bo‘layotgan yetakchi davlatdir
Osiyo xottin-qizlari forumida ishtirok etgan Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi raisi Sahiba Gafarova o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
– O‘zbekiston Prezidenti barcha sohalarda, shu jumladan, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish bo‘yicha juda katta islohotlar olib bormoqda.
Eng muhimi, O‘zbekiston o‘zi bilan birga atrofdagi boshqa davlatlarning ham shu yo‘nalishda rivojlanishi va jipslashishi uchun katta ishlar qilmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining forumga yo‘llagan murojaatini juda katta mamnuniyat bilan tingladik. Unda keltirilgan raqamlar orqali shuni anglash mumkinki, O‘zbekistonda aholining har bir qatlami, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning siyosiy soha va davlat tizimidagi o‘rnini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Osiyo kuchli strategik mintaqa bo‘lib, unda O‘zbekiston o‘rnak bo‘layotgan yetakchi davlat sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Xotin-qizlarning ta’lim olishi, ayniqsa, magistraturaning bepul bo‘lishi – bu katta rag‘batdir. Bugun biz Osiyo xotin-qizlari forumi doirasidagi ko‘rgazmada ham guvoh bo‘ldikki, ayollar tadbirkorligi ancha rivojlangan.
Yosh qizlarning raqamlashtirish sohasidagi kuchli startap loyihalari davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin namunasidir.
N.Abduraimova, O‘zA