Safayeva Iroda Abdumuratovnaning psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” mavzusida
Safayeva Iroda Abdumuratovnaning 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 28 dekabr kuni soat 11:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
e-mail: kengash@edu.uz