Safar, xotira va milliy uyg‘onish: o‘zbek publitsistikasida Turkiya obrazi
Akbar Normatovich NURMATOV dotsent filologiya fanlari nomzodi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Toshkent, O‘zbekiston e-mail: akbarnurmatov1962@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Sayohat xotiralari” va Jamol Kamolning “Marhabolar, afandim, burasi – Istanbul!..” yo‘l ocherki misolida o‘zbek sayohatnomalarida Turkiya obrazining o‘zgarishi tadqiq etilgan. Qiyosiy-tipologik, tarixiy-qiyosiy, germenevtik va matniy tahlil metodlari asosida ikki davrga mansub safar matnlari o‘rganilgan. Natijada Behbudiy talqinida Turkiya taraqqiyot, ma’rifat va milliy fidoyilik namunasi, Jamol Kamol asarida esa tarixiy xotira, ma’naviy yaqinlik hamda yopiqlikdan dunyoga ochilish timsoli sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan.
Tayanch so‘zlar: sayohatnoma, yo‘l ocherki, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Jamol Kamol, Turkiya obrazi, madaniy xotira.