Ruşanabonu Isayeva - oltin medal sohibi
Senegal poytaxti Dakar şahrida ötkazilayotgan yoşlar örtasidagi IV yozgi Olimpiya öyinlarida sportçilarimiz 12-noyabr kuni ötkazilgan bellaşuvlarda 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qölga kiritdi.
Jumladan, boks böyiça qizlar örtasida -60 kg. vazn toifasida finalga çiqqan Ruşanabonu Isayeva hal qiluvçi bahsda slovakiyalik Karolina Kollarovaga qarşi ringga kötarildi. Murosasiz keçgan jangda hamyurtimiz 4:1 hisobida ğalaba qozonib, Olimpiya öyinlari çempioniga aylandi.
Bundan avvalroq yana bir vakilimiz Sabrina Çakomonova -54 kg. vazn toifasidagi final bahsida kolumbiyalik Salas Trejosni mağlub etib, oltin medalga sazovor bölgan edi.
Eʼtiborlisi, Ruşanabonu Isayeva va Sabrina Çakomonova özbek boks tarixida qizlar örtasida yoşlar Olimpiadasining ilk çempionlari sifatida tarixga kirdi.
Şuningdek, qiliçbozlikning sablya yönalişida qizlar örtasidagi bahslarda Nargiza Utebayeva bronza medaliga sazovor böldi.
Şu tariqa, «Dakar-2026» yoşlar Olimpiadasida Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 8 taga yetdi. Hozirga qadar sportçilarimiz 2 tadan oltin va bronza hamda 4 ta kumuş medalni qölga kiritdi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA