Ro‘zmatov Izzatbek Baxtiyorovichning tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Chaqaloqlarda qorin old devori tug‘ma nuqsonlarini tashxislash va jarrohlik davolash” mavzusida
Ro‘zmatov Izzatbek Baxtiyorovichning 14.00.35-“Bolalar xirurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “Chaqaloqlarda qorin old devori tug‘ma nuqsonlarini tashxislash va jarrohlik davolash” mavzusidagi tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Bolalar milliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01. raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 16 yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140100, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi 294-uy. Bolalar milliy tibbiyot markazi.
Tel.: (99855) 503-03-66;
e-mail: info@bmtm.uz