Ro‘ziyev Umar Muzafarovichning psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘spirinlardagi ijtimoiy fobiya holati psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” mavzusida
Ro‘ziyev Umar Muzafarovichning 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “O‘spirinlardagi ijtimoiy fobiya holati psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Buxoro davlat universiteti huzuridagi PhD03/30.12.2019 Psi.72.06 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 30 avgust kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200117, Buxoro shahri, M.Iqbol ko‘chasi, 11-uy, Buxoro davlat universiteti, 2-qavat, 201-xona.
Tel.: (0 365) 221-29-14; faks: (0 365) 221-57-27;
e-mail: buxdu_rektor@buxdu.uz