Ro‘ziyev Ulug‘bek Mamarasulovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida
Alyuminiy tarkibli ruda va ikkilamchi xomashyolardan glinozyom boyitmasi ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish
Ro‘ziyev Ulug‘bek Mamarasulovichning “Alyuminiy tarkibli ruda va ikkilamchi xomashyolardan glinozyom boyitmasi ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish” 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.17.04 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 24-oktabr 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180100, Qarshi shahar, Mustaqillik ko‘chasi, 225-uy. Qarshi davlat texnika universiteti.
Tel.: (99875) 221-09-23
e-mail: kstu@kstu.uz