Rossiyaning davlat qarzlariga aniqlik kiritildi
Rossiya Federatsiyasining davlat qarzlari 2021 yilning birinchi choragida 741,3 milliard rublga (10,1 milliard dollar) oshib, jami 19,7 trillion rublni (268 milliard dollar) tashkil etmoqda. Aniqroq aytganda, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 foizga o‘sgan.
Bu haqda mamlakat Hisob palatasining 2021 yil yanvar-mart oylarida federal byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotida ma’lum qilindi.
Yanvar-mart oylarida mamlakatning ichki qarzlari hajmi 4,6 foizga, ya’ni 683 milliard rublga (9,3 milliard dollar) oshgan.
Hisobotga ko‘ra, Rossiyaning tashqi qarzi 1 aprelga kelib, 1,1 foizga (598,3 million dollar) kamaydi va 56,1 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, davlat qarzining YAIM hajmiga nisbatan maksimal darajasi 20,4% ni tashkil qiladi (2022 yilda – 20,8%, 2023 yilda - 21,4%).