Rossiyalik tadbirkorlar Zominda
O‘zaro hamkorlik masalasida Jizzax viloyatiga kelgan rossiyalik tadbirkorlar Zomin tumani hokimi bilan uchrashdi.
Tuman hokimi Alisher Abdug‘aniyev hamda Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida joylashgan “TA GROUP” zamonaviy bitum mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona vakillari bilan muloqotda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Zomin tumanining investitsion jozibadorligi, xorijiy korxona vakillariga yaratilgan sharoitlar, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar xususida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida korxona mutaxassislari tomonidan “TA GROUP” korxonasining umumiy faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, mamlakatimiz hududlariga mo‘ljallangan biznes loyiha materiallari taqdim etildi.

Tomonlar kelishuv shartnomalarini imzolaydigan bo‘ldi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA