Rossiyada ham virusning xavfli turi aniqlandi
Rossiyada koronavirusning AY.4.2 “delta” shtammi aniqlandi, mamlakatda infeksiya bilan kasallanayotgan fuqarolar soni yana ortmoqda. Bu haqda “Rospotrebnadzor”ning markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti Kasalliklarni tashxislashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy guruhi rahbari Komil Xafizov xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, virusning yangi turi paydo bo‘lgani Rossiyada kasallanishlar darajasini keskin oshirib yuborishi mumkin. Epidemiolog “mutatsiya qanchalik yuqumli ekanini aytish qiyin, ammo olimlar buni sinchkovlik bilan o‘rganishga harakat qilmoqda”, degan.
Shuningdek, Komil Xafizov Rossiyada qo‘llanilayotgan vaksinalar “delta” shtammining mutatsiyalashgan turiga qarshi ancha samarali ekanini aytib o‘tgan.
Kecha Buyuk Britaniya va AQSHda “delta” shtammining AY.4.2 yangi turi aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Ekspertlarning fikricha, virusning ushbu turi 10-15 foizgacha yuqumli bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasida barcha tashkilot va muassasalarda bir haftalik dam berilgan.