Rossiya zamonaviy qurollar bo‘yicha AQSHdan o‘zmoqda
Prezident Vladimir Putinning bayonotiga ko‘ra, Rossiya zamonaviy qurollar bo‘yicha AQSHdan ilgarilab ketgan.
Uning so‘zlarini "RIA Novosti" iqtibos keltiradi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya qurolli kuchlar potensialini modernizatsiya qilib, yangi tizimlarni muntazam amalga joriy qilmoqda.
“Bu holatda, to‘la ishonch bilan aytishimiz mumkinki, biz – dunyoda birinchimiz”, dedi Putin.
Ayni paytda, u amerikaliklar yadroviy qurol ishlanmalari – yadroviy tashuvchilar va yadrokallaklari bo‘yicha ustunlikni saqlab turganini aytdi.
Noyabrning oxirida Putin yaqin vaqtlarda Rossiyada dengiz muhitiga moslashgan yangi gipertovushli qurol paydo bo‘lishini ma’lum qilgandi.