Rossiya yo‘lovchi samolyoti Chitaga majburan qo‘ndi
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidan Blagoveщensk shahriga parvoz qilayotgan “Boeing-737” havo layneri kutilmaganda Chitaga halokatli qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar tarqatdi.
Blagoveщensk aeroporti onlayn tablosida e’lon qilinishicha, “Rossiya” aviakompaniyasining FV-6879 reysi bilan uchayotgan tarkib belgilangan manzilga 14:45 da qo‘nishi kerak edi. Ta’kidlanishicha, voqeaga dvigatelda yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan.