Rossiya veto qo‘yishga haqli emas
Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrext Rossiya bilan xavfsizlik bo‘yicha muzokara murakkab kechishi hamda Moskvada NATOning masalasiga veto qo‘yish huquqi yo‘qligi va ayni holat alyans uchun qizil chiziq bo‘lishi haqida gapirdi, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.
“Bu hafta muloqot haftasi edi, yana muzokaralar bo‘ladi. Negaki, ziddiyatni yumshatish uchun bor imkoniyatdan foydalanishimiz lozim. Ayni payt biz va amerikaliklar aniq izohladik: xalqaro huquqqa rioya etilishi shart, sharqiy qo‘shnilarimiz suvereniteti daxlsiz. Ittifoqchilik masalasiga Rossiya veto qo‘yishga haqli emas”, dedi Lambrext Bundestagdagi chiqishida.