Rossiya – Ukraina muzokarasi muvaffaqiyati ehtimoli qanday?
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari uchrashuvida ijobiy natijaga erishish ehtimoli bor va muloqot uchun Istanbul tanlanishi ham bejiz emas, dedi Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak Parti) tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ibrohim Xalil Qo‘rqmas “RIA Novosti” muxbiriga bergan intervyusida.
– Dastlab tanlov mantig‘iga oydinlik kiritish kerak, – deydi agentlik suhbatdoshi. – Bu birinchi navbatda tomonlar ishonchi bilan bog‘liq. Turkiya ziddiyatlar hal qilinadigan markazga aylanmoqda. Ya’ni, muammoga barham berish bilan bog‘liq muzoka o‘tkazishdan hech qanday g‘arazli maqsad ko‘zlamayapti. Rossiya va Ukraina o‘rtasida Istanbulda kechadigan muloqot ijobiy natija berishi ehtimoli bor. Bu xunrezlikka chek qo‘yish vaqti keldi. Turkiyaning sa’y-harakati aynan shunga qaratilgan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin avvalroq Ukrainaga 15 may kuni Istanbulda hech qanday shartsiz bevosita muzokarani davom ettirish taklifini kiritib, tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligini istisno etmagan.