Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Suhbat chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar jabhalardagi Oʻzbekiston - Rossiya hamkorligining hozirgi holati va istiqboli muhokama qilindi.
Vazirlar dunyoda koronavirus atrofida kuzatilayotgan vaziyatni ham muhokama qilib, savdo-iqtisodiy aloqalarga pandemiyaning salbiy taʼsirini qisqartirish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligini qayd etdilar.
Turli darajadagi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi doirasidagi boʻlajak qoʻshma tadbirlarning jadvali, kun tartibi, tayyorgarlik bilan bogʻliq tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Oʻzbekistonning MDHga raisligi doirasida koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashdilar.
Telefon orqali muloqot chogʻida xalqaro va mintaqaviy siyosatning alohida mavzulari ham koʻrib chiqildi.