Rossiya Suriya bilan harbiy bazalari kelajagi bo‘yicha memorandum imzoladi
Damashq va Moskva Rossiya harbiy bazalari kelajagi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. SANA axborot agentligi xabar berishicha, mavjud ob’ektlar qo‘shma harbiy o‘quv markaziga aylanadi.
Hujjatda taxminan 1,5 yillik muzokaradan so‘ng Suriya qirg‘og‘idagi Rossiya inshootlari kelgusi holati belgilangan. Kelishuvga ko‘ra, Humaymim aeroporti va Tartus portidagi fuqarolik inshootlari hukumat nazoratiga o‘tadi.
Rossiya harbiy inshootlarini qo‘shma o‘quv va ilg‘or o‘quv markazlariga aylantirish rejalashtirilgan. Jarayon uch oy ichida yakunlanishi kutilyapti.
Suriya Tashqi ishlar vazirligi ushbu kelishuv Damashq va Moskva munosabatida yangi bosqich ochishini aytgan.
S.Rahimov, O‘zA