Rossiya droni Ruminiyada turar-joy binosiga kelib urildi
Ruminiya Favqulodda vaziyatlar bosh inspeksiyasi Galats shahridagi ko‘p qavatli uyga dron urilgani va 10-qavatdagi xonadonda yong‘in sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
“Monitorul de Galati” nashri xabar berishicha, aholi barvaqt xavfdan ogohlantirilgan. Keyin yuz bergan portlash tufayli, baribir, ikki kishi jarohat olgan.

Mamlakat Mudofaa vazirligi dron Rossiyaga tegishliligini ma’lum qilib, o‘sha kech RF Ukraina chegarasi yaqinidagi fuqarolik va infratuzilma nishonlariga hujum qilish uchun dronlardan foydalanganini ta’kidlagan. Uchoqlardan biri Ruminiya havo maydoniga kirib, Galatsdagi turar-joy binosi tomiga qulagan. Qurilmani to‘xtatish uchun “Fetesht” avia bazasidan ikki G‘-16 qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarilgan.
– Xavfsizlik biz uchun mutlaq ustuvor vazifa, – deb yozgan mulozim ijtimoiy tarmoq sahifasida. – Mudofaa vazirligidan Galati shahridagi binoga urilgan dron Rossiyaga tegishli bo‘yicha tasdiq oldik.

Hodisa xalqaro miqyosda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Masalan NATO Bosh kotibi Mark Ryutte, Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen, Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas, Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Polsha va Moldova prezidentlari, Italiya, Slovakiya, Vengriya, Chexiya va Ukraina bosh vazirlari Buxarestni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib, Moskvaning harakatini qoralagan.
Ushbu noxush voqeadan so‘ng Rossiyaning Buxarestdagi elchisi Vladimir Lipayev TIVga chaqirildi. Bu haqda vazir Oana-Silviya Soyu ma’lum qildi.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Parijda ham ushbu voqea munosabati bilan Rossiya elchisi chaqirilganini aytd i.Soyu Rossiya droni turar-joy binosiga qulashini “jiddiy keskinlashuv” deb atadi.
– Ushbu voqea Rossiya tomonidan jiddiy va mas’uliyatsiz eskalatsiya, mamlakatimiz havo hududini buzish, – dedi u. – RF droni radarda paydo bo‘lgach, Ruminiya havo kuchlarining ikki samolyoti va bir vertolyoti havoga ko‘tarilib, o‘t ochishga ruxsat berilgan.
Buxarest ittifoqchilar, YeI mamlakatlari va NATO bosh kotibini xabardor qilgani, dronga qarshi uskunalarni tezkor ravishda topshirishni so‘raganini ma’lum qilg an.Vazir “zudlik bilan va keng qamrovli sulh”ga erishish uchun Rossiyaga xalqaro bosimni kuchaytirish niyatidaligini ta’kidlagan.
S.Rahimov, O‘zA