Rossiya, Britaniya, Qozog‘iston va O‘zbekiston bokschilari Chirchiqda jang o‘tkazmoqda
Shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ringlarida Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va mamlakatimizning 230 nafar iqtidorli bokschi yoshlari ishtirokida xalqaro turnir musobaqalari davom etmoqda.
"Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir janglari -60, -65, -70, -75, -80, -85, -90 va +90 kilogramm og‘irliklarda tashkil etilmoqda.
Kecha xalqaro turnirning chorak final janglari 38 ta juftlik o‘rtasida kechgan bo‘lsa, bugun 34 ta juftlik yarim final yo‘llanmasi uchun jang olib bormoqda.
Mahoratli bokschi yoshlarni saralash, ularda jang ko‘nikmasini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan turnir 23-mayga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA