Rossiya bilan ilmiy hamkorlik mustahkamlanmoqda
Markaziy Osiyo xalqaro instituti delegatsiyasining Moskva shahriga tashrifi doirasida MOXI rahbari Javlon Vahobov Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti (RSTI) direktori Mixail Fradkov bilan uchrashdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama kun tartibiga doir asosiy masalalar, jumladan O‘zbekiston – Rossiya har tomonlama strategik sherikligini yanada chuqurlashtirish istiqboli muhokama qilindi. “Markaziy Osiyo – Rossiya” muloqot formatining aloqalarni chuqurlashtirish, ekspert hamjamiyatlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik mexanizmini takomillashtirishdagi o‘rni e’tirof etildi.

J.Vahabov MOXI va RSTI o‘rtasida 2021 yil 18 may kuni imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘zaro yaqin sheriklik uchun mustahkam asos ekanini ta’kidladi. O‘z navbatida, M.Fradkov hamkorlikni davom ettirish va O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarini faol qo‘llab-quvvatlashga intilishini tasdiqladi.


Suhbat yakunida ikki institut 2025 yilga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasi bilan mustahkamlangan hamkorlikni yanada faollashtirishga kelishib oldi.
G‘.Xonnazarov, O‘zA