Ronalduning 2030-yildagi Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi iqtibos o‘chirib tashlandi
Keyinchalik esa "Goal" portali ushbu postni o‘chirib tashladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning iqtibosi tarqalgan edi. Unda Ronaldu 45 yoshida 2030-yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishni istisno qilmayotgani aks etgan. Keyinchalik esa "Goal" portali ushbu postni o‘chirib tashladi. O‘chirilgan materialda esa taniqli insayder Fabritsio Romanoga havola bor edi. Biroq bu sahifa Romano nomi bilan ochilgan feyk akkaunt bo‘lib chiqdi. Ushbu sahifa Ronaldu haqidagi ko‘plab iqtibos va xabarlarga to‘la, bular ichida esa yolg‘on ma’lumotlar ham uchrab turadi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu uchun katta ehtimol bilan yozdagi mundial so‘nggisi bo‘ladi.