Ronaldu Federerga qiyoslandi
“Yuventus” himoyachisi Jórjo Kyellíni jamoadoshi Krishtianu Ronalduni mashhur sportchilar – Useyn Bolt va Rojer Federerga qiyosladi.
“Yuventus” himoyachisi Jórjo Kyellíni jamoadoshi Krishtianu Ronalduni mashhur sportchilar – Useyn Bolt va Rojer Federerga qiyosladi.
“Men qiziquvchan odamman, shuningdek, yaxshi kuzatuvchi ham. Koʻp narsalar haqida bilgim keladi. Ronaldu kabi futbolchi bilan yelkama-yelka toʻp surish juda qiziqarli men uchun.
Krishtianu Bolt va Federer kabi zaxira dvigateliga ega. Bunday sportchilarning harakatlarini, odatlarini oʻrganish foydali. Takrorlash qiyin boʻlsada, ularning uslublari dunyoqarashingizni kengaytiradi”, - deydi Kyellíni Football Italiaga bergan intervyusida.