Ronaldo: Rodri — "Oltin to'p" uchun birinchi raqamli nomzod
Mundialda "Qizil furia"ning barcha o'yinlarida maydonga tushgan markaziy yarim himoyachi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Ronaldo Ispaniya terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatida g'olib chiqqach, Rodri Ernandesning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish imkoniyatlarini yuqori baholadi.
Mundialda "Qizil furia"ning barcha o'yinlarida maydonga tushgan markaziy yarim himoyachi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
“Rodri — ”Oltin to'p"ni olish uchun birinchi raqamli nomzod. U ushbu jahon chempionatida Ispaniyaning eng ajralib turgan o'yinchisi bo'ldi. “Oltin to'p” haqida gap ketganda esa bu juda katta ahamiyatga ega", — deya Ronaldoning so'zlarini keltirmoqda AS nashri.
30 yoshli Rodri o'tgan mavsumda "Manchester Siti" tarkibida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishgan.
Ispaniyalik yarim himoyachi faoliyatida bir marotaba "Oltin to'p"ni qo'lga kiritib bo'lgan. U 2024-yilda Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qo'lga kiritgach, ushbu nufuzli mukofotga sazovor bo'lgan edi.