Rishtonda Xitoy chinnisi ishlab chiqariladi
Rishton kulolchilikda, Xitoy chinnipazlikda mashxur. Ularni uyg‘unlashtirish maqsadida Rishton tumani hokimi o‘rinbosari A. Siddiqov boshchiligidagi tadbirkorlardan iborat delegatsiya Xitoyning Guanchjou provinsiyasida bo‘lib qaytdi. Safar chog‘ida ular “Guangzhou LIUHUA Apparel Digital Trade Center” vitse-prezidenti Pin Chan, “Dongguan Xinli Trading Co” va bir qator yirik korxonalar bilan O‘zbekistonga, xususan, Rishton tumaniga yangi loyihalarni jalb qilish orqali sanoat va ishlab chiqarishni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Muzokaralar davomida Rishton tumanida xitoy uslubida chinni mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalariga asoslangan yangi qo‘shma korxona ochishga qaror qilindi.
Imzolangan memorandumga ko‘ra, Guanjo delegatsiyasi yil oxiriga qadar Rishton tumaniga tashrif buyuradi.




Muhammadjon Obidov, O‘zA muxbiri