Rim papasi Fransisk kasalxonadan chiqdi
Og‘ir bronxit tufayli kelib chiqqan qo‘shaloq pnevmoniya bilan Rimdagi Gemelli kasalxonasida 37 kun yotgan 88 yoshli Rim papasi 23 mart kuni birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi. U an’anaviy yakshanba ibodati chog‘ida shifoxona oldida to‘planganlarni qarshi oldi.
Nogironlar aravachasida chiqqan ota ayvonda 2 daqiqacha turib qoldi. Ommaviy axborot vositalari Papaning horg‘in holatini ta’kidlagan. Qisqa ko‘rishuvdan so‘ng Fransisk mashinada majmuani tark etdi.
Rim meri Roberto Gualteri jurnalistlarga davolanish muvaffaqiyatli yakunlagani, Hazrat kasalxonadan chiqqanidan mamnunligini bildirdi.
Shu holatda, odatda o‘zi chet el safarlaridan oldin va qaytib kelgach ibodat qiladigan manzil – Avliyo Maryam Bazilikasiga tashrif buyurgan Papa Fransisk, keyin Vatikandagi qarorgohiga yo‘l oldi.