Rektor bitiruvchilar bilan onlayn muloqot oʻtkazdi
Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov universitetning maktabgacha taʼlim fakulteti bitiruvchi talabalari bilan onlayn muloqot qildi.
Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov universitetning maktabgacha taʼlim fakulteti bitiruvchi talabalari bilan onlayn muloqot qildi.
Muloqotda bugungi kunda yurtimizda maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berilib, yosh kadrlardan oʻz ishiga masʼuliyat, kasbni sevish va fidoyilik talab etilishi taʼkidlandi.
Tadbirda universitet maktabgacha taʼlim fakulteti dekani va professor-oʻqituvchilar, shuningdek, ish beruvchi sifatida Maktabgacha taʼlim vazirligi masʼul xodimlari va soha vakillari ishtirok etdi. Maktabgacha taʼlim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi M.Tojiyeva va boshqalar bitiruvchilarni sohadagi oʻzgarishlar, mutaxassislarga berilayotgan imtiyoz, qoʻyilayotgan talablar bilan tanishtirdi.
Tadbir soʻnggida universitetni imtiyozli tamomlagan bir guruh talabalar oliy taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.