Rejep Tayyip Erdog‘an Turkiyaga jo‘nab ketdi
Toshkent shahri navbatdagi yirik tadbir – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitiga mezbonlik qildi. Sammitdan so‘ng Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakatimizga tashrifini yakunladi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Kuni kecha – 8 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wbmzIMOiLsk" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Ikrom Avvalboyev, Nosirjon Haydarov(surat), O‘zA