Registondan Ko‘ksaroygacha tantanali yurish
Davlatimiz rahbarining Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi qarorida har yili aprel oyi yurtimizda “Amir Temur oyligi” deb belgilanib, bu oyda ulug‘ jahongir hayoti va faoliyatini o‘rganish va keng targ‘ib etish bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazish belgilangan. Ayni paytda yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani singari Samarqand viloyatida ham oylik doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, bugun Samarqand shahrida harbiylar, ichki ishlar, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar va boshqa kuch tuzilmalari xodimlarining tantanali yurishi o‘tkazildi.
Viloyat hokimligi, Markaziy harbiy okrug, “Vatanparvar” va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbir shahardagi Islom Karimov xiyobonidan boshlandi.
[gallery-28558]
Ishtirokchilar harbiy orkestr sadolari ostida Registon ko‘chasidan Ko‘ksaroy maydonigacha harakatlandi.
Shuningdek, aktyorlar tomonidan Amir Temur siymosi va uning qo‘shinlari aks ettirilib, ular ham yurishda qatnashdi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA