Regbichilarimiz g‘alabasi
Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida regbi bo‘yicha Osiyo chempionati III divizion bahslari yakunlandi.
Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida regbi bo‘yicha Osiyo chempionati III divizion bahslari yakunlandi.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz Regbi federatsiyasi va Osiyo regbi uyushmasi (ARFU) hamkorligida tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston va Hindiston terma jamoalari o‘zaro bahslashdi.
Osiyo regbi uyushmasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Osiyo qit’asida mazkur sport turini yanada rivojlantirish masalalari va istiqbollari muhokama qilindi. Xalqaro regbi kengashi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi raisi S.Safoyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish, ularning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish bilan birga yurtimizda qator sport turlari, jumladan, regbini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.
– Yurtingizning boy tarixi, mehmondo‘st xalqingiz, mustaqillik yillarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlaringiz haqida ko‘p eshitganman, – deydi Xalqaro regbi kengashi prezidenti Bernard Lapasset. – Mamlakatingizda barcha sohalar qatori sport ham jadal taraqqiy etayotgani, bolalar sportini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani, yoshlarning barcha qatlami – umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan oliy o‘quv yurtlari talabalarigacha o‘ziga qamragan noyob tizimning yo‘lga qo‘yilgani tahsinga loyiq.
Anjumanda mamlakatimizda regbini yanada ommalashtirish, sportchilarimizning xalqaro maydonlardagi nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar xususida batafsil ma’lumot berildi.
Regbi bo‘yicha Osiyo chempionati III divizion bahslarining ikkinchi uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari hindistonlik raqiblarini 32:15 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va Osiyo chempionatining II divizion bahslarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.