"Real" sobiq futbolchisi: Messi yugurmasdan o‘ynaydi, biroq uni to‘xtatish mushkul
Uning borligi jamoadoshlariga katta dalda bo‘ladi.
Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Xorxe Valdano Lional Messi haqida gapirdi.
"Hamma Messini ilm-fan yordamida to‘xtatishga harakat qilmoqda, ammo hozircha muvaffaqiyatsiz. U yugurmasdan o‘ynaydi, biroq uni to‘xtatib bo‘lmaydi. U borgan sari sekinlashadi, lekin hech kin uning hiylalarini tushunmaydi. Messi futbolning so‘nggi 20-yildagi o‘chmas iz qoldirgan daho hisoblanadi. Bunaqasi yana takrorlanadimi-yo‘qmi bilmayman. Uning borligi jamoadoshlariga katta dalda bo‘ladi. Bu Qatardagi jahon chempionatida ham o‘z tasdig‘ini topdi", - dedi Valdano.
Lionel Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi jahon chempionatining amaldagi chempioni hisoblanadi.