«Real» Niko Pasni qaytarmoqçi — transfer uçun 80 mln yevro
«Komo» ötgan yozda 22 yoşli futbolçining transfer huquqini «Real»dan 60 million yevroga sotib olgan.
Madridning «Real» klubi «Komo» yarim himoyaçisi Niko Pasni qayta sotib oliş huquqidan foydalanmoqçi.
COPE nashri jurnalisti Melçor Ruisning xabariga köra, madridliklar öz tarbiyalanuvçisini kelasi yozda qaytariş uçun 80 million yevro tölaşga tayyor.
«Komo» ötgan yozda 22 yoşli futbolçining transfer huquqini «Real»dan 60 million yevroga sotib olgan. Bungacha Italiya klubi uning ijarasi uçun 6 million yevro tölagan edi.
Niko Pas joriy mavsum A Seriya va Çempionlar ligasida jami 14 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi. Şu tariqa, yarim himoyaçi har öyinga örtaça bittadan samarali harakat qayd etmoqda.