"Real" "Arsenal"dan Subimendini sotib olmoqchi
Manbaga ko‘ra, Bruno Gimarayns transferidan so‘ng ispaniyalik futbolchining asosiy tarkibdagi o‘rni kafolatlanmaydi.
«Arsenal» yarim himoyachi Martin Subimendi bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Bruno Gimarayns transferidan so‘ng ispaniyalik futbolchining asosiy tarkibdagi o‘rni kafolatlanmaydi. Shu sababli «kanonirlar» Subimendi uchun 90 million yevrolik taklifni qabul qilishga tayyor.
Vaziyatdan Madridning «Real» klubi foydalanmoqchi. «Qirollik klubi» Subimendiga bir yil avval ham qiziqish bildirgan va Rodrini «Manchester Siti»dan transfer qilishga urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangach, ispaniyalik yarim himoyachi variantiga qaytishi mumkin.
Futbolchi uchun yana bir da’vogar — «Chelsi». London klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Subimendi bilan yana birga ishlashga qiziqmoqda. Ular avval «Real Sosyedad» tizimida birga faoliyat olib borgan.
Subimendi o‘tgan yozda «Arsenal» safiga qo‘shilgan. U ilk mavsumida barcha musobaqalarda 57 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi.