Raxmonov Sunnatillo Mavlonovichning falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshband tasavvufiy qarashlarining qiyosiy-falsafiy tahlili” mavzusida
Raxmonov Sunnatillo Mavlonovichning 09.00.03–Falsafa tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Jaloliddin Rumiy va Bahouddin Naqshband tasavvufiy qarashlarining qiyosiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashning 2023-yil 10-iyun kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15. Samarqand Davlat universiteti Tarix fakulteti, 1-qavat, 105-xona.
Tel/faks: (99866) 239-13-87; faks (99866) 239-11-40.
e-mail: rektor @samdu.uz