Raxmonov Bobomurod Baxtiyorovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini nazorat qilish va boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusida
Raxmonov Bobomurod Baxtiyorovichning 05.08.03 – “Temir yo‘l transporti ishlatish” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini nazorat qilish va boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusida tayyorlangan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 29-aprel soat 15:00 dagi majlisida (259-auditoriya) bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100167, Toshkent shahri, Temiryo‘lchilar ko‘chasi, 1-uy.
Telefon: (99871) 299-00-01, faks: (99871)293-57-54.