Rasulov Ulug‘bek Muqimovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risidagi
«Asetillanish tipiga bog‘liq hayvonlarda ikkilamchi immuntanqisliklar holatlarining immunobiologik ko‘rsatkichlari va ularni o‘simlik preparatlari bilan muvofiqlashtirish» mavzusida
Rasulov Ulug‘bek Muqimovichning 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya ixtisosligi bo‘yicha «Asetillanish tipiga bog‘liq hayvonlarda ikkilamchi immuntanqisliklar holatlarining immunobiologik ko‘rsatkichlari va ularni o‘simlik preparatlari bilan muvofiqlashtirish» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.Tib.26.01 raqamli Ilmiy kengashda 2026-yil 22-may soat 12:30 bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100060, Toshkent shahri, akademik Ya.G‘ulomov ko‘chasi, 74-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti.
Tel.: (+99871) 207 08 30
e-mail: immunology@academy.uz