Rasulov Shavkat Sharof o‘g‘li iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Milliy iqtisodiyotda ishchi kuchi resurslari faolligini oshirishning nazariy asoslari” mavzusida
Rasulov Shavkat Sharof o‘g‘lining 08.00.01 - “Iqtisodiyot nazariyasi”, 08.00.10 - “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Milliy iqtisodiyotda ishchi kuchi resurslari faolligini oshirishning nazariy asoslari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2021.I.16.03 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengashning 2024 yil 15 oktyabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Tel.: (99871) 239-01-49;
e-mail: tdiu@tsue.uz;